Ish beruvchilar uchun
Vakansiya joylang, arizalarni bir joyda ko'ring va nomzodlar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'laning. Savdo, xizmat ko'rsatish, qurilish, haydovchilik va boshqa sohalar uchun.
Vakansiya joylash — bepul.
Telefon raqamingiz bilan kiring — kod Telegram orqali keladi. Kompaniya yoki shaxsiy ish beruvchi sifatida.
Lavozim, maosh, ish vaqti va talablarni yozing. Oddiy shakl, bir necha qadam.
Arizalar bir joyda: ko'rib chiqing, saralang, nomzodga yozing yoki qo'ng'iroq qiling.
Mos nomzodni ishga oling va vakansiyani bir bosishda yoping.
Halol ish beruvchilarni firibgarlardan ajratish — platformaning asosiy vazifasi.
STIR yoki hujjatni yuborasiz, admin tekshiradi — keyin e'lonlaringizda «tasdiqlangan» belgisi chiqadi.
Har bir e'lon chiqishdan oldin tekshiruvdan o'tadi; shubhalisini moderator ko'radi. Takroriy e'lonlar ham aniqlanadi.
Har qanday e'lon yoki profil ustidan shikoyat qilish mumkin — firibgar hisoblar bloklanadi.
Joylagandan keyin tekshiruvdan o'tadi va odatda tez chiqadi. Shubhali e'lonni moderator ko'radi — natija bildirishnomada keladi.
Ariza ichidagi chat orqali. Nomzod ruxsat bergan bo'lsa — telefon orqali ham.
«Tasdiqlangan» belgisi nomzodlarda ishonch uyg'otadi. So'rov «Kompaniya sozlamalari → Tasdiqlash» bo'limidan yuboriladi: STIR yoki hujjat, admin tekshiradi.
Ha: kompaniyaga a'zolarni taklif qiling — egasi, admin, rekruter yoki faqat ko'rish huquqi bilan.
Bir necha daqiqa — va nomzodlar ariza yubora boshlaydi.